"Barselona" "Bavariya" himoyachisini nishonga oldi

Alisher Ostonov
4 okt 2025
"Barselona" yangi himoyachi sotib olmoqchi.

Kataloniyaliklarning tanlovi "Bavariya"ning fransiyalik futbolchisi Dayo Upamekanoga tushdi.

Qayd etilishicha, futbolchi uchun kurashda "ko'k-anorranglilar"ga "Liverpul" raqobatchi bo'lishga tayyor. Upamekanoning mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. "Bavariya" kelishuvni uzaytirmoqchi ekanini yashirmayapti.

Dayo Upamekano joriy mavsumda sakkizta o'yin o'tkazdi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: fichajes.com