

"Barselona" futbolchilari va murabbiylar shtabi bo'lgan avtobus Saudiya Arabistonida adashib qoldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi Saudiya Arabistoniga uchib kelishi bilan ular "Al-Ittihod" bazasiga yo'l olishi, o'sha yerda matbuot anjumani va rasmiy mashg'ulot o'tishi kerak edi. Ammo avtobus haydovchisi jamoani Jiddadan 60 km. uzoqlikdagi "King Abdullah Sport City" stadioniga eltib qo'ygan.
Avtobus qaytishda adashib qoldi va tirbandlikda qolib ketdi. Shunday qilib, "Barselona" ustozi Ernesto Valverde matbuot anjumaniga kech qoldi.



