

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi vakillari Fransiya terma jamoasi futbolchisining agenti bilan bog'lanishgan. Ko'k-anorranglilar bosh murabbiyi Ernesto Valverdega Grizmanning o'yini yoqadi va o'z tarkibida uni ko'rmoqchi. "Barselona" yozgi transfer oynasida Antuanni xarid qilishga urindi, biroq "Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu fransiyalik uchun 200 mln. evro to'lashga rozi bo'lmadi. Shunga qaramay kataloniyaliklar joriy mavsum oxirida Grizmanning transfer huquqini sotib olishmoqchi, chunki o'sha paytda "Barselona" futbolchi uchun "Atletiko"ga 100 mln. evro to'lashi mumkin.
Grizmann va "Atletiko" o'rtasidagi bitim 2022 yilning yozida yakuniga etadi.



