"Barselona" asosiy transfer maqsadini belgilab oldi

Mirjalol Normatov
20 may 2025, 23:45
"Barselona" yozgi transferlar oynasi vaqtida asosiy e'tiborini "Liverpul" futbolchisi Luis Diasning transferiga qaratadi.

"Diario Sport" ma'lumotiga ko'ra, 28 yoshli kolumbiyalik futbolchining "Barsa" sport direktori Dekuning orzusi bo'lib turibdi.

Klub Jerar Martin va Erik Garsiyaning yaxshi rivoji sababli qanot himoyachisi sotib olish ishini to'xtatgan. Hozirgi paytda klub chap qanot vingeri izlamoqda.

Diasning transfer summasi 85 million evroga baholanmoqda.

Dias ushbu mavsumda APLning 35 o'yinida 13 gol va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport