

“Barselona” yaxshi takliflar bo'lsa, 3 nafar futbolchisini sotishga tayyor. Bu haqda jurnalist Xose Alvares Gayya xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ushbu ro'yxatga hujumchi Robert Levandovski, vinger Ansu Fati va himoyachi Ronald Arauxo kiritilgan. Kataloniyaliklar ikkinchisini faqat katta summaga – kamida 100 million evroga sotishga rozi.
Qolaversa, himoyachi Jyul Kundening kelajagi ham noaniq. OAV xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi murabbiy undan noto'g'ri yo'nalishda foydalanayotganidan norozi.
Oldinroq "Barselona" Xaviga ultimatum qo'ygani e'lon qilingan edi.



