"Barselona" Artur bilan shartnoma imzolaydi

13 may 2018, 14:20
"Gremio" yarim himoyachisi Artur "Barselona"ga ko'chib o'tadi.

"Sport.es" nashrining xabar qilishicha, 21 yoshli futbolchi Kataloniya klubiga 2019 yilda ko'chib o'tadi. Kataloniyaliklar Artur Ramosning transfer narxining bir qismini yani 4 million evroni o'tkazib bergani avval xabar qilingandi. Shunday bo'lsa-da, futbolchi jamoa bilan shartnoma imzolashini kutmoqda. Manbaning xabariga ko'ra, "Barselona" Arturning transferi uchun yozda 11 million evro to'laydi, qolgan 15 millionni esa yanvarda to'lashi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru