"Barselona" APL klubi himoyachisiga qiziqmoqda

Aslanov Jasurbek
26 dek 2017
"Sautgempton" himoyachisi Virjil van Deyk faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, gollandiyalik futbolchi "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Sautgempton" rahbariyati 26 yoshli himoyachi bilan xayrlashishga tayyor, ammo yaxshigina mablag' evaziga. Van Deyk 80 mln. evroga baholanmoqda.

"Barselona"ga futbolchini xarid qilishda "Chelsi", "Manchester Siti" va "Liverpul" raqobat tashkil qilishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola