"Barselona" Ansu Fati bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
17 sen 2019, 12:01
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati klub bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

Xabarlarga qaraganda, Kataloniya klubi 16 yoshli forvard bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlagan.

Oldinroq, Fati "Barselona" bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagandi, ammo uning harakatlari klub rahbarlarini yangi shartnoma imzolashga undamoqda.

O'yinchi yangi shartnomaga ko'ra yiliga 1,5 million evro maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: CatRadio