

"Kamp Nou" arenasining rekonstrukciyasi yakuniga etguniga qadar "Barselona" futbolchilari Lyuis Kompanis nomidagi Olimpiya stadionida o'ynashadi.
Hozircha faqat 7 ming muxlis yangi arena uchun abonement olishini tasdiqlashdi.
"Barselona" yangi uy stadionining fan-sektoridagi joylar narxi 325dan 175 evroga, burchakdagi tribunalar 1002dan 500ga, darvoza ortidagilar 723dan 360ga, markaziy tribunalar 1738dan 870gacha pasaytiriladi.
Olimpiya stadionini hozirda 49 472 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi.



