"Barselona" 16 yoshli hujumchini "Aston Villa"ga sotadi

23 yanv 2020, 23:05
Kataloniya klubi o'tgan yilning iyulida "Vest Bromvich"dan xarid qilingan angliyalik hujumchi Lui Barrining jamoadan ketishini e'lon qildi.

16 yoshli futbolchi "Aston Villa" safiga qo'shilish uchun Angliyaga qaytgan. "Ko'k-anorranglilar" Barrining Birmingem klubiga o'tishidan 1 mln evro ishlab oladi.

Ma'lumot uchun, Angliya U17 terma jamoasi hujumchisi "Barselona" yoshlar jamoasida 10ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 marta o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito