"Barsa": Reklama tadbirlarini o'tkazib yuborgan futbolchi jazolanadi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2022, 18:38
Kataloniya klubi futbolchilarining shartnomalarida maoshlarning kamayishi mumkinligi haqida bandlar bor.

Xususan, agar futbolchi reklama tadbirlarini o'tkazib yuborsa, klub futbolchining maoshini qisqartirishi mumkin, deb xabar berdi "Casena SER".

Agar futbolchi mavsum davomida uchta shunday tadbirni o'tkazib yuborsa, "Barsa" bir tomonlama tartibda uning maoshini 10 foizga kamaytiradi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta 2021 yil mart oyida saylanganidan so'ng "Barsa"ning maosh varaqasini qisqartirish masalasi ustida faol ishlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport