

Bugun Yevropa Superligasi bosh direktori Bernd Rayxart tasischi klublar loyihaning yangi versiyasini ishga tushirishni xohlayotganini ma'lum qildi.
A22 yangi loyiha Yevropaning 50 dan ortiq klublari bilan ular duch kelayotgan moliyaviy muammolar bo'yicha batafsil muzokaralar natijasi ekanligini aytdi. So'nggi oylarda A22 va Yevropa Superligasi aniq moliyaviy ustunlikka ega bo'lgan va boshqa Yevropa ligalariga ta’siri katta APLga hujum qildi.
Yevropa Superligasining yangi talqinda bir nechta davizionlarga bo'linib, doimiy a'zolarsiz 60 dan 80 tagacha ishtirokchidan iborat bo'ladi. Har bir jamoa mavsum davomida kamida 14 ta o'yin o'tkazadi. Hozircha klublarning divizionlar bo'yicha taqsimlanishi haqida ma'lumot yo'q. Musobaqadan chiqib ketish tizimi qanday bo'lishi ham ma'lum emas.
"Real", "Barselona" va "Yuventus" yangi Yevropa Superligasi formatini hozircha sir saqlamoqda.
Eslatib o'tamiz, 2021 yilning aprel oyida Superligani tashkil etishga urinish muvaffaqiyatsiz yakun topgandi. Tasischi klublar qatorida "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal", "Tottenxem", "Barselona", "Real", "Atletiko", "Yuventus", "Inter" va "Milan" bor edi.
Turnir tashkil etilgani e'lon qilinganidan ikki kun o'tib, ingliz klublari muxlislarning noroziligi tufayli ishtirokchilar orasidan chiqib ketgan edi.



