"Barsa" "Real" bilan maxsus libosda o'ynaydi. Uni Puyol taqdim etadi

Alisher
12 yanv 2021
"Barselona" bahorda La Liga doirasidagi "Real"ga qarshi o'yin uchun o'zgacha libos yaratilayotganini e'lon qildi.

Ushbu libos klub ranglari (ko'k-anorrang)ni va Kataloniya bayrog'ining qizil va sariq ranglarini birlashtiradi va klubning qaerga tegishli ekanlini, qadr-qimmati, o'ziga xosligi va "Barselona"ning ildizlariga ishora qiladi.

Libosni jamoaning sobiq sardori Karles Puyol taqdim etadi -  uni matbuot xizmatida postida "klubning o'ziga xos qadriyatlari va uning o'yin uslubi personifikaciyasi" deb nomlashgan.

"Real" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin 2021 yilning 11 aprelida La Liga 30-tur doirasida bo'lib o'tadi. Libos yanvar so'nggida sotuvga chiqariladi.


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com