

Ushbu voqeadan so'ng "Barselona" klubining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari Argentina termasi yetakchisi Leo Messi haqida juda ko'p post joylashdi. Masalan, "Barsa"ning Instagramdagi sahifasi Messi haqida to'qqizta post joylashtirdi. Tvittyerda esa katalon klubi Messi haqida sakkizta tvit qoldirdi. Leoning hozirgi klubi bo'lgan PSJ esa Messining Jahon chempionligi haqida Instagramda beshta post qo'ydi.
Ma'lumot uchun, Argentina Jahon chempionati finalida Fransiyani mag'lubiyatga uchratdi. Leo Messi 7 gol va 3 assist bilan turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.



