"Barsa" Lukmanga qiziqmoqda. "Atalanta" hujumchisini 30 million evroga sotishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 mar 2025, 17:26
"Barselona" Ademola Lukmanga qiziqish bildirmoqda.

"Atalanta" hujumchisi "Barsa" uchun ustuvor variant emas, ammo qiziqish mavjud. Lukman jamoani o'zgartirishga tayyor va Kataloniya klubida o'ynashni xohlayapti.

Lukmanning "Atalanta" bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgan. Manbalarga ko'ra, hujumchi Italiya klubini taxminan 30 million evroga tark etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo