“Barsa” Lautaro bilan kelishib oldi, ammo...

“Inter” hujumchisi Lautaro Martinesning kelajagi mavhumligicha qolmoqda.

ESPN xabariga ko'ra, “Barselona” 22 yoshli argentinalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. 

Vaziyat “Inter”ning futbolchini sotish yoki sotmasligiga bog'liq. Muzokaralar davom etmoqda. “Barselona” ushbu transfer narxini kamaytirish uchun Milan klubiga bir qator futbolchilarini ham taklif qilgan. Ammo “Inter” rahbariyati ma'lum bir summa evaziga futbolchini sotish niyatida. Shu sabab Martinesning transferi “Barsa”ning yozda futbolchilarini qay darajada sota olishiga ham bog'liq. Bu vaziyatda eng asosiy holat sifatida  Koutinoning transferiga yuzaga chiqmoqda. Braziliyalik futbolchi avgust oyiga qadar “Bavariya”da ijarada to'p tepadi.

Yozda “Barselona” shuningdek, Ivan Rakitich va Nelson Semeduni ham sotish niyatida.


Manba: ESPN