"Barsa" Bernardeskiga qiziqmoqda. "Yuve" xavbeki yozda erkin agent maqomida o'tishi mumkin

Alisher
16 dek 2021, 17:38
"Barselona" "Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeskiga qiziqmoqda.

Kataloniyaliklar vakillari dushanba kuni o'yinchining agenti Federiko Pastorello bilan uchrashishdi va yozda erkin agent maqomidagi ehtimoliy o'tishni muhokama qilishdi.

"Ko'k-anorranglilar" direktori Mateu Alemani va Pastorello yaqin haftalarda bu savolni to'liqroq muhokama qilishga kelishib olishdi.

Bernardeski joriy mavsum A Seriya doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd eti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport