"Barsa" Arturni "Yuventus"ga o'tishga ko'ndirmoqchi

Sherzod Nurmatov
30 may 2020
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich o'zini almashtirishlariga rozi.

"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyaanich mavsum tugagach, "Barselona"ga o'tishga qaror qildi va o'zaro almashuga rozi. 

Klublar transfer borasida muzokaralar olib borishgan. Unga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachisi Artur shartnoma doirasida Turin klubiga o'tishi kerak edi.

Biroq, braziliyalik "Barsa" da qolishni istayotganini e'lon qildi, shu sababli muzokaralar to'xtatildi.

Diario Sport xabariga ko'ra, "Barselona" rahbariyati 23 yoshli Arturni bu shartnomaga rozi bo'lishga ko'ndirmoqchi.

Avvalroq, "Yuventus" Pyanichni faqat Artur evaziga qo'yib yuborishi haqida aytgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport