"Barelona" ushbu yozda transferlar uchun 200 mln evro sarflashni rejalashtirmoqda

Alisher
2 iyul 2022, 17:38
"Barselona" ushbu transfer oynasida katta harajatlar qilishni rejalashtirmoqda.

Kataloniyaliklar ushbu yozda transferlar uchun 200 mln evro sarflashni rejalashtirishmoqda. Klub bu mablag'ni Robert Levandovski ("Bavariya"), Jyul Kunde ("Sevilya"), Bernardu Silva ("Manchester Siti") va Rafinya ("Lids") bilan shartnoma imzolashga yo'naltirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar"da o'yinchilar xaridi uchun mablag' o'z telehuquqlarini Amerikaning Sixth Street investkompaniyasiga 207,5 mln evroga sotishdan tushdi.

Bundan tashqari, "Barselona" yana 15% telehuquqlarini boshqa bir xaridorga 400 mln evroga sotishni rejalashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca