Bardzali "Yuventus" murabbiylar shtabiga qo'shildi

25 sen 2019, 21:30
"Yuventus" sobiq himoyachisi Andrea Bardzali klubga qaytdi.

38 yoshli italiyalik Mauricio Sarrining murabbiylar shtabiga kelib qo'shildi va texnik yordamchi lavozimni qabul qilib oldi.

Bardzali futbolchilik faoliyatini o'tgan mavsumda yakunlagandi. Avvalroq, u Koverchano o'quv-mashg'ulot markazining murabbiylik kurslarida o'qigan. 

Sobiq futbolchi 2006 yili Jahon chempioni bo'lgan va A Seriyaning 8 karra chempioni hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: juventus.com