Bangkok va "Rajamangala" bugungi uchrashuvga tayyor

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2020
Yana bir necha daqiqalardan so'ng Bangkokdagi "Rajamangala" stadionida U23 Osiyo chempionatining chorak finalidan o'rin olgan O'zbekiston - BAA uchrashuvi start oladi.

Biz uchun juda muhim bo'lgan uchrashuvga Tailandning asosiy stadioni shay holatda. Ayni damlarda Bangkokda ob-havo har kungidan biroz salqinroq tuyulsada taxminan 30 daraja atrofida issiq bo'lib turibdi. Futbolchilarimiz Janubiy Koreya terma jamoasi bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng bugungi o'yingacha etarlicha dam olish va tiklanish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Bizga ma'lum bo'lishicha terma jamoamizdagi barcha futbolchilar sog'-salomatlar va bugungi o'yinda maydonga tushish uchun tayyor bo'lib turishibdi. Bugun Tailandning asosiy arenasi to'lib toshmasada mezbonlarning ham O'zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilishlari kutilmoqda. O'zbekistondan tashrif buyurgan muxlislar esa allaqachon stadionga yetib kelishgan.

Xullas bugungi o'yinga barcha tayyor. Siz azizlardan esa futbolchilarimizni duolaringiz bilan qo'llab turishingizni so'rab qolamiz. Zero bugungi g'alaba bizni olimpiada sari yanada yaqinlashtiradi.

Quyida Bangkok shahri hamda Rajmangala stadionidan olingan suratlarni tomosha qiling.




Akramjon Mamadaliev Bangkok shahridan championat.asia sayti uchun maxsus


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia