Balotelli: "Taktika - men uchun juda qiyin narsa"

Alisher
7 fev 2020, 17:13
Hujumchi Mario Balotelli zamonaviy futboldagi taktikalar haqida gapirdi.

Marioning so'zlariga ko'ra, taktika uning uchun juda qiyin narsa va imkoniyatlarini cheklaydi.

"Taktika - men uchun juda qiyin narsa, men sxemalarga tushmayman. Menimcha, ular meni cheklab qo'yadi", - deydi Balo.

Balotelli hozirda "Breshia" safida o'ynamoqda. U o'z vaqtida "Liverpul", "Manchester Siti", "Milan" va "Inter" kabi taniqli klublarda o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: corrieredellosport.it