Balotelli Milanga bepul ijara asosida qaytishi mumkin

Narzulla Saydullayev
23 avg 2015, 09:00
Liverpul hujumchisi Mario Balotelli Milanga qaytishi mumkin.

Sky Sport Italia nashri xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi Florenciyada rossonerlar bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich bilan muzokara o'tkazdi. Balotelli Milanga bepul ijara asosida qaytishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, futbolchi Milanda 2013-2014 yillarda o'ynagan va Liverpulga ko'chib o'tgandi.

Oldinroq ingliz klubi Balotellidan voz kechgani va uning o'rniga yangi futbolchi qidirayotgani ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru