Balotelli ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Tolibjon Qosimov
24 fev 2017, 19:04
"Nicca" hujumchisi Mario Balotelli Fransiya chempionati doirasidagi o'yinda hakamni haqorat qilgani uchun ikkita uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

18 fevral kuni "Loryan"ga qarshi o'yin paytida Balotelli hakamni haqorat qilgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan edi. Bu 26 yoshli italiyalik uchun mavsumdagi uchinchi chetlatish. Ma'lum qilinishicha, Fransiya futbol Federatsiyasi Tartib-intizom qo'mitasi jazoni bitta o'yinga qisqartirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia