

Genuyaliklar rahbariyati yaqinda jamoaning endilikda sobiq bosh murabbiyi Ivan Yurichni iste'foga chiqargandi. Uning o'rnini Davide Ballardini egalladi.
E'tiborlisi, bu mutaxassis 2010/11 va 2013 yilda ham “Jenoa”ni boshqargan edi. Bu Ballardinining uchinchi qaytishi bo'ldi. “Jenoa” 12-turdan so'ng 6 ochko bilan 18-o'rindan joy olgan.



