Ballak: "Murabbiy barcha futbolchilarga birdek munosabatda bo'lmasligi kerak"

Aslanov Jasurbek
20 fev 2018, 10:58
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Mixael Ballak murabbiylarning ishiga bog'liq bazi fikrlar bilan bo'lishdi.

"Yosh mutaxassislar kerakli talimni olishadi, ammo ularga tajriba yetishmaydi. Bu mutaxassislar kerakli darajada futbol o'ynamagan bo'lsa, to'g'ri qaror qabul qila oladimi, degan savolni berishimiz kerak. Nazariya va amaliyot - ikki xil narsa. Jamoada biroz ierarxiya bo'lishi kerak, bu juda muhim. Murabbiy barcha futbolchilarga birdek munosabatda bo'lmasligi lozim, bu mutaxassisning eng yomon g'oyasi bo'ladi. Hammaga birdek qaray olmayman, chunki ular turli insonlar" - deydi Ballak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker