

Ispaniya klubi Baldega maoshi oshirilgan yangi besh yillik shartnoma taklif qilmoqchi. Shuningdek, yosh futbolchining shartnomasidagi tovon puli 1 milliard evroga yetishi mumkinligi qayd etilgan.
Baldening "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali Ispaniya terma jamoasi futbolchisining narxini 15 million evroga baholamoqda.
19 yoshli himoyachi joriy mavsum "Barselona" safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



