Bakka: "Muvaffaqiyatlarim uchun yaratganga, oilamga va "Sevilya"ga minnatdorchilik bildiraman"

Aslanov Jasurbek
28 okt 2014, 15:24
"Sevilya" hujumchisi Karlos Bakka Ispaniya chempionatining 2013/14 yilgi mavsumida eng yaxshi janubiyamerikalik hujumchi bo'lganidan xursand.

"Bu iqtidorni menga bergani uchun yaratgandan minnatdorman. Shu bilan birga o'z oilamga , jamoadoshlarimga va klubga rahmat aytaman.  Ularsiz bu muvaffaqiyatga erisha olmasdim" - deydi Bakka.

Bu mavsumda Bakka Ispaniya chempionatida to'qqizta o'yinda ettita gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com