Bahrom Haydarov: "Maydon holatini hisobga olsak, kombinacion o'yin namoyish etish qiyin edi"

Sherzod Nurmatov
21 noya 2024, 17:18
Pro liga 27-turidan o'rin egallagan "Do'stlik" – "Qo'qon-1912" (0:1) uchrashuvidan keyin qo'qonliklar ustozi Bahrom Haydarov fikrlarini bildirdi.

"Maydon holatini hisobga olsak, kombinacion o'yin namoyish etish qiyin edi. Kim ko'proq uzun paslar bilan o'ynasa va yakkakurashlarga e'tibor qaratsa, o'sha jamoa g'olib chiqishini taxmin qilgandik. 

Birinchi bo'limda ustun ko'ringan bo'lsak-da, lekin o'yindan qoniqmadim. Yigitlarni uchrashuvga tayyorlash qiyin bo'ldi. Ayniqsa, "Do'stlik" oxirgi o'rinda bo'lgani uchun. Bu narsa o'yinda salbiy ta’sirini ko'rsatdi.

Tanaffusda bolalar bilan gaplashib oldik va ular ikkinchi bo'limda o'zlariga kelishdi. O'ylaymanki, natija o'yinga mos bo'ldi", – dedi Haydarov.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia