

Ikkinchi davra boshida "Dinamo"ga bosh murabbiy etib tayinlangan Bahrom Hakimov boshchiligida jamoa 15ta o'yin o'tkazdi. Shulardan 3tasida g'olib bo'ldi, 5 marta durang o'ynadi va 7 bor mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. So'nggi turda o'z maydonida "Olmaliq" bilan durang o'ynab birinchi ligaga tushib ketdi.




