Bahodir Nasimovdan gol, jamoasida kutilmagan g'alaba

Narzulla Saydullayev
7 fev 2015
Eron Pro-ligasining 19-turidan o'rin olgan uchrashuvda hamyurtimiz Bahodir Nasimov to'p tepayotgan “Padideh” klubi safarda Tabrizning “Traktor Sozi” klubi mehmoni bo'lib, kutilmaganda 3:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi.
Quvonarlisi, terma jamoamiz hujumchisi 45-daqiqada klubining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Rizo Xagigi 21-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi. 41-daqiqada Igor Pragich o'z darvozasini ishg'ol qilib, muvozanatning tiklanishiga sabab bo'ldi. 51-daqiqada Rizo Nasexi o'zining aniq zarbasi bilan o'yinga nuqta qo'ydi.

Kechagi g'alabadan so'ng Bahodir Nasimov jamoasi 24 ochko bilan 9-o'ringa ko'tarilib oldi. “Traktor Sozi” esa 32 ochko bilan 5-o'rinda qoldi. Turnir jadvalida “Fulad Xuzestan” jamoasi 37 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Fozil Musaevning “Istiqlol”i 34 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com