Bahodir Nasimov va "Neftchi" 2013 yilni mag'lubiyat bilan tugatishdi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2013, 23:29
Ozarboyjon premer ligasida 18-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Bu Ozarboyjon chempionatida 2013 yildagi oxirgi tur bo'ldi. Jamoalar fevral oyiga qadar qishki tatilga chiqishdi.

Hamyurtimiz Bahodir Nasimov to'p tepayotgan "Neftchi" klubi safarda "Olimpik" klubi mehmoni bo'ldi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Nasimov 64-daqiqada xorvatiyalik hujumchi Melvin Plate o'rniga maydonga tushdi. Takidlash lozimki, "Neftchi" uchrashuvni 9 kishi bo'lib tugatdi.
 
Bokuliklar 34 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-pog'onasida borishmoqda. Klub keyingi o'yinni 2014 yilda o'tkazadi. 2 fevral kuni "Neftchi" Bokuda "Simurg'"ni qabul qiladi.

Ozaboyjon premer ligasi musobaqa jadvali

"Olimpik" - "Neftchi" 2:1
Gollar
: Jon 19, Shemonaev 88 - R.Sodiqov 59.
Chetlatish: Shukurov 80, Yunuszoda 83 (ikkalasi "Neftchi")

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia