Bahodir Nasimov Ozarboyjon kubogi sohibi

Narzulla Saydullayev
23 may 2014
Bokuning "Neftchi" klubi kecha mamlakat kubogi finalida "Gabala"ga qarshi maydonga tushib g'olib bo'ldi.
O'yinda hisobni "Neftchi" vakili Samir Masimov ochdi. Yuriy Syomin boshchiligidagi "Gabala" bu golga Marat Izmaylovning to'pi bilan javob berdi - 1:1. Asosiy va qo'shimcha taymlarda hisob qayd etildi. Penaltilar seriyasida 3:2 hisobida "Neftchi" zafar quchdi.

Bahodir Nasimov uchrashuvda maydonga tushmadi.

"Gabala" - "Neftchi" 1:1 (penaltilar seriyasi 2:3)
Gollar:
Marat Izmaylov 70 - Samir Masimov 51

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia