

O'tgan mavsum mamlakat kubogi sohibi bo'lib Yevropa ligasi saralashida o'ynash huquqini qo'lga kiritgan klub Bahodir Nasimov bilan shartnoma tuzdi. Hamyurtimiz 2010/11 yilgi mavsumda Bokuning "Neftchi" klubi safida Ozarbayjon chempionati to'purari bo'lgandi. Nasimov 2014 yilda "Neftchi"ni tark etgandi. Shundan keyin u Eronning "Padidex", O'zbekistonning "Bunyodkor" va Janubiy Koreyaning "Ansan" klublarida o'ynadi. Oxirgi yarim yilni Nasimov "Buxoro" safida o'tkazib, 11ta o'yinda 3ta gol urgandi.
Nasimov UEFAga Yevropa ligasida o'ynash uchun qaydnomadan o'tkazildi.



