Bahodir Nasimov "Al Garafa" bilan muzokara olib bormoqda"

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2015, 10:52
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Bahodir Nasimov faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin.
"Sardor Rashidovdan keyin Qatarda yana bitta legionerimiz paydo bo'lishi mumkin. Bahodir Nasimov "Al Garafa" klubi bilan muzokara olib bormoqda.

Hozirda davom etayotgan kelishuv amalga oshsa, terma jamoamiz hujumchisi yangi mavsumni avgustdan boshlanadigan Qatar Yulduzlar Ligasida boshlaydi.

Shuningdek, Bahodir Nasimovga oliy Liga jamoalari hamda Qozog'iston va Ozarbayjon klublaridan ham takliflar bor", - deb yozadi "Dinamo" klubi matbuot kotibi Usmon Ibodov tvittyerdagi o'z sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Bahodir Nasimov Eronning "Padideh" klubida faoliyat olib borayotgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia