
Musobaqada 2002 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoalar ishtirok etadi. Unda akademiyamiz sharafini Rufat Akramxo'jaev boshchiligidagi jamoa himoya qiladi. Turnirda ishtirok etuvchi 12 jamoa bilan tanishing:
"Paxtakor", "Bunyodkor", BO'SMFM-16, "Chilonzor", "Paxtakor" Termiz, Buxoro, Navoiy, Samarqand, "Metallurg", Andijon, Chimkent BO'OZSM-7, Jizzax.
Bahslarga ertaga qur'a tashlanib, 21 avgustdan uchrashuvlar boshlanadi. Musobaqa "Paxtakor" futbol klubi va O'FF hamkorligida tashkil etilmoqda.