Bachana Arabuli - "Neftchi" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2023
"Neftchi" yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida o'z safiga gruziyalik futbolchini qo'shib oldi.

PFLning ma'lum qilishicha, Farg'ona klub Mrchela Tomislav bilan birga Bachana Arabulini ro'yxatdan o'tkazdi. Kelishuv 2024 yilning 30 noyabrida yakuniga etadi.

29 yoshli gruziyalik markaziy hujumchi "Neftchi"gacha "Dinamo Tbilisi", "Akademiya Pushkasha", "Paninos, "Makartur" kabi mashhur klublarda to'p tepishga muvaffaq bo'lgan.

Transfermarkt portali futbolchini 300 ming evroga baholadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia