Baba va "Chelsi" shartnomani bekor qilishadi

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2023
"Chelsi" klubi himoyachi Abdul Rahmon Baba bilan shartnomani buzadi.

29 yoshli futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etadi. Ganalik futbolchi PAOK bilan 2 yillik bitim imzolaydi.

"Chelsi" 2015 yilda Babani 25 mln. evroga sotib olgan. U londonliklar safida 2015/16 mavsumda o'ynagan, qolganlarida esa 7ta klubda ijarada bo'lgan: "Shalke", "Reyms", "Malorka", PAOK va "Reding".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano