BAA terma jamoasi rasman yangi bosh murabbiyini tanishtirdi

Alisher
10 iyul 2023
Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasining yangi bosh murabbiyi rasman tanishtirildi.

Bo'lajak Osiyo chempionati va Jahon chempionati saralash bahslariga termani portugaliyalik mutaxassis Paulu Bentu tayyorlaydi. BAA federatsiyasi 54 yoshli murabbiy bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolashdi. 

Ma'lumot uchun, Bentuning so'nggi ish joyi Janubiy Koreya terma jamoasi hisoblanadi. Murabbiy 2022 yilda bo'lib o'tgan jahon chempionatidan so'ng Koreya terma jamoasidan ketgandi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia