BAA. Shukurov jamoasi irodali g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
11 sen 2021
BAA Pro-Ligasining 3-turidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Otabek Shukurov to'p tepayotgan “Sharja” klubi o'z maydonida “Al Vasl”ga qarshi to'p surdi. Kutilmaganda mehmonlar ketma-ket ikki marotaba “Sharja” darvozasini ishg'ol qildi. Keyinchalik esa Shukurov jamoasi iroda namoyish qilgan holda, raqib darvozasiga ketma-ket uchta gol urib, yakunda g'alabani ilib ketdi.

Mazkur uchrashuvda Otabek Shukurov to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

BAA Pro-ligasi, 3-tur
“Sharja” – “Al Vasl” – 3:2
Gollar
: Kayo (69, pen), Malango (71, 90+4) – Lima (13, pen), G'anim (60, avtogol)








Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia