Vetnam Futbol Federatsiyasining xabar berishicha, 15 oktyabr kuni Toshkentda O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi OK-2015 saralash 3-tur o'yinida maydonga tushadigan Vetnam terma jamoasi 9 oktyabr kuni Doxada Qatar terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Vetnam terma jamoasi Qatarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib 11 oktyabr kuni Toshkentga tashrif buyuradi.
Eslatib o'tamiz, OK-2015 saralashi E guruhida O'zbekiston terma jamoasi 2-turdan keyin 1 ochko to'plagan holda guruhda 3-o'rinda bormoqda. Vetnam esa, guruhda so'nggi o'rinni egallab turibdi. E guruhida ayni damda BAA terma jamoasi ikki o'yindan so'ng 6 ochko to'plagan holda peshqadam bo'lib turibdi. Gongkong 4 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagan.
Ma'lumot o'rnida saralash guruhidagi yana bir raqib - Gongkong terma jamoasi 11 sentyabr kuni Singapur terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Guruh bahslarida peshqadamlik qilayotgan BAA terma jamoasi esa 5-9 sentyabr kunlari Saudiya Arabistonida o'tkazilgan OSN Kubogi xalqaro turnirida ishtirok etdi va g'oliblikni qo'lga kiritdi. BAA terma jamoasi Trinidad va Tobago hamda Yangi Zelandiya terma jamoalarini mag'lubiyatga uchratib musobaqa g'olibi bo'ldi. Takidlash joiz, Mahdi Ali bosh murabbiyligidagi BAA terma jamoasi o'zining g'alabali o'yinlari seriyasini 13taga etkazib oldi.
E guruhida 3-tur o'yinlari 15 oktyabr kuni o'tkaziladi. Shu kuni O'zbekiston milliy terma jamoasini Toshkentda qabul qilsa, BAA terma jamoasi o'z maydonida Gongkong terma jamoasi bilan o'ynaydi.