BAA chempionati. Bugun uch nafar hamyurtimiz o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
26 fev 2021
Bugun BAA pro ligasida 18-tur o'yinlari boshlanadi.

Dostonbek Hamdamov to'p tepayotgan "Xatta" klubi safarda "Al Nasr"ga qarshi maydonga tushadi.


Jaloliddin Masharipov va Aziz G'aniev faoliyat olib borayotgan "Shabab Al Ahli" o'z maydonida "Al Xaley"ni qabul qiladi. G'aniev jarohati tufayli mazkur bahsni o'tkazib yuboradi.



Otabek Shukurov o'ynayotgan "Sharja" esa o'z uyida "Al Jazira" bilan to'qnash keladi. E'tiborlisi ushbu ikkala klub musobaqa jadvalining eng yuqorisida va ochkolari soni teng - 37tadan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia