BAA. Azizjon G'anievning goli "Shabab Al-Ahli"ga 3 ochko keltirdi

Mirjalol Normatov
29 okt 2022, 23:32
BAA Pro-ligasining 8-turi doirasidagi "Shabab Al-Ahli" - "Al Ayn" uchrashuvida mezbonlarning qo'li baland keldi.

E'tiborlisi mezbonlarga g'alaba keltirgan gol muallifi Azizjon G'aniev bo'ldi. Uning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini raqibi posboni qaytara olmadi.

"Shabab Al-Ahli" - "Al Ayn" 2:1

Gollar: Muhammad Marzuq (10-avtogol, 0:1), Omar Xribin (44, 1:1), Azizjon G'aniev (75, 2:1).

Ogohlantirish: Omar Xribin (56), Hassan Hamza Ali (90+7) - Erik (25), Rafael Pereyra (28), Matias Palasios (76).

Chetlatish: Omar Xribin (90+5).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia