BAA. "Al Bateh" durang o'ynadi, Azizjon G'anievdan gol!

Mirjalol Normatov
29 yanv 2026
Bugun BAA Pro-ligasining 14-turi doirasidagi "Al Bateh" - "Al Jazira" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda tomonlar 1:1 hisobida durang qayd etishdi.

Bahsda Azizjon G'aniev 3-daqiqadayoq o'z goli bilan hisobni ochgandi. Ikkinchi bo'limda Simon Banza mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi va ushbu hisob o'yin yakunigacha saqlanib qoldi.

29 yanv 2026, 18:15
Al Bataeh — Al Jazira
1 – 1
Tugadi



Shu orqali autsayderlar qatoridagi "Al Bateh" mavsumdagi 11-ochkosini ishlab oldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia