Azmun – RPLda mavsum futbolchisi!

Eldor Akmurzayev
26 may 2021, 21:05
“Zenit” hujumchisi Sardor Azmun Rossiya chempionati yakunlangan mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

RPL tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada klub sardorlari va murabbiylari, Rossiya TJ ustozi Stanislav Cherchesov hamda “Match Premer” sharhlovchilari qatnashdi. Azmun 76 ochko bilan yetakchiga aylandi. Undan 15 ball ortda qolgan Artyom Dzyuba esa 2-bo'ldi. “Sochi” yetakchisi Kristian Noboa kuchli uchlikka yakun yasadi.

Eronlik forvard RPL mavsumida 24 o'yinda qatnashib, 19 ta to'p kiritdi. U musobaqa to'purari bo'lgan jamoadoshi Dzyubadan atigi bitta kam gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/premierliga