Azmun Rostov bilan 2 yillik shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2016, 08:47
Rostov direktorlar kengashi vakili Ali Uzdenov Syerdar Azmun bilan shartnoma tuzilganini ma'lum qildi.
Azmun Rostov bilan 2 yillik shartnoma tuzdi, – deydi Uzdenov.

Eslatib o'tamiz, Azmun Rubinga tegishli edi. Yozda futbolchi Qozon klubini tark etib Rostov-Don klubi safida o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Azmun Rubin shartnoma shartlarini bajarmagani uchun FIFAga arz qilgandi.

Lozannadagi sport arbitraj sudi (CAS) eronlik futbolchiga Rostov safida o'ynashga ruxsat berdi. Biroq Azmun borasida yakuniy qaror qabul qilish uchun yarim yil vaqt kerak bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ТАСС