Azmun o'zini Messiga o'xshamasligini, “Old Trafford“ bilan Tehrondagi stadionning farqini aytdi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2019, 17:45
“Zenit” hujumchisi Sardor Azmun Rossiyaning “Match TV“ telekanaliga bergan intervyusida bazi savollarga javob qaytardi.

-Mamlakatingizda sizni “Eronlik Messi” deb chaqirishlari rostmi?

-Bu o'xshatish qayerdan paydo bo'lganini bilmayman (kuladi). Axir unga umuman o'xshamayman-ku.

-“Old trafford”da o'ynagan yaxshiroqmi yoki terma jamoa bilan Tehrondagi 80 ming tomoshabin ko'z o'ngida?

-Albatta MYU stadionida maydonga tushishning o'ziga yarasha ta’sirli va hayojonli taraflari bor. Lekin, men uchun milliy terma jamoa uchun o'ynash katta sharaf. Bizning stadionlarga, hattoki, 100 mingdan ko'proq muxlis tashrif buyuradi.

24 yoshli hujumchi joriy mavsum Rossiya Premer-ligasida 14ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urish muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Матч ТВ