Azmun nega terma jamoadan ketdi? Futbolchining o'zi bu savolga javob berdi

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2018
Hujumchi Sardor Azmun eronliklar Rossiyadagi mundialdan chiqib ketganidan so'ng nega Eron terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida aytib berdi.

"Hayotda siz uchun hammasidan ustun narsalar bo'ladi. Onamning jiddiy hastaligi deyarli ortda qolgandi va baxtli edim. Biroq men va jamoadoshlarim munosib bo'lmagan haqoratlar tufayli hastalik yana zo'raydi va bir qarorga keldim. Men onamni tanlayman" - deydi Azmun.

Eslatib o'tamiz, Eron terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqichini muvaffaqiyatsiz yakunladi. Azmun 3ta uchrashuvda birorta gol ura olmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com