Azmun - evrokuboklar tarixidagi eng yaxshi eronlik to'purar

Aslanov Jasurbek
22 fev 2019, 11:10
"Zenit" Yevropa ligasi 1/16 final javob o'yinida "Fenerbaxche"ni mag'lub etdi.

Sankt-Peterburgda o'tgan uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakun topdi. Ushbu o'yinda piterliklar hujumchisi Sardor Azmun 2ta gol urib, 1ta golli pas berdi.

Azmun evrokuboklar tarixidagi eng yaxshi eronlik to'purarga aylandi. Uning hisobida 8ta gol bor, Ali Daida esa 6ta. Saman Goddos va Mehdi Mahdavikiyalar 5tadan gol urishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com