Azmun "Bayer" bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
3 avg 2021, 18:11
"Zenit" va "Bayer" hujumchi Syerdar Azmun bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, gap 18 million evrolik transfer haqida ketmoqda.

O'yinchining o'zi leverkuzenliklar bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan, unga ko'ra futbolchining maoshi yiliga 2,8 mln evroni tashkil etadi.

Azmun o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/nicoschira